Kuz faslining oxirgi kunlarini salqin va yomgʻirli ob-havo bilan kuzatamiz

    Yashil sayyora 28 Noyabr 2022 1218

    Gidrometeorologiya xizmati markazi kutilayotgan haftalik ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

    Bugun respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Qolgan hududlarda esa tuman tushishi saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 12-17o iliqni, shimolda 0-5o iliqni tashkil etadi. Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

    Seshanba va chorshanba kunlari shimoliy hududlardan tashqari Oʻzbekistonning qolgan barcha hududlari boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 29-noyabrda ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat kechasi va kunduzi 5-10o iliqni tashkil etadi.

    Oʻzbekistonda qish oʻz vaqtida boshlanadi. 1-dekabrga oʻtar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Harorat kechasi 0-5o iliq boʻladi, kunduzi 2-7o iliqdan oshmaydi.

    2-dekabarda mamlakatimiz hududida kam bulutli va sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, havo harorati kechasi 0-5o sovuqgacha, kunduzi 0-5o iliqgacha pasayadi.

    29-noyabr – 1-dekabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.