Oktyabr-dekabr oylarida isteʼmolchilarga 163 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazish topshirildi.
Shuningdek, viloyat hokimlariga 300 dan ziyod olis mahalla uchun koʻmir, suyultirilgan gaz va asosiy turdagi oziq-ovqat zaxirasini yaratishga topshiriq berildi.
Kuz-qish mavsumida aholini issiqlik va ichimlik suvi bilan kafolatli taʼminlash uchun qozonxona, qozon va issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, suv tarmoqlari va nasoslarni taʼmirlash vazifalari belgilab olindi.
Umuman, kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida Energetika vazirligi rahbarlari hududlarga biriktiriladigan boʻldi.
Ushbu rahbarlar joylarda ishlarni tashkil qilishga hamda har bir nosozlik va avariyalarni zudlik bilan bartaraf etishga masʼul boʻladi.
Yigʻilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.