Ma’lum qilinishicha, bu yerga noma’lum fuqarolar tomonidan maishiy va qurilish chiqindilarning tashlab ketilayotgani kuzatilmoqda edi.

Hamkorlikdagi reyd tadbiri jarayonida  "Soy yoni"  MFY hududidagi kuzatuv kameralari orqali hudud nazoratga olindi va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs aniqlandi.

"Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga  O‘zbekiston Respublikasining "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi"ning 72-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,  900 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi", deyiladi xabarda.