Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida yashovchi 45 yoshli fermer Lakxan Yadav o'tgan oyda ijaraga berishni boshlagan uchastkasidan 14,98 karatli tosh topib oldi. U o'z yerida ishlayotgan paytda topib olgan qiymati 80 ming AQSH dollariga teng bu olmos uning hayotini o'zgartirib yubordi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.
Olmosni oddiy tosh deb o'ylagan Yadav uni tozalaganida toshning boshqacha yaltiraganini ko'rib, uning qimmatbaholigini payqadi. Shundan so'ng u toshni olmos markaziga olib bordi, u erda toshning haqiqiy olmos ekani tan olinib, uning qiymati 80 ming dollardan oshdi. Yadav uni kim oshdi savdosida sotdi.
Lakxan Yadav o'zi erishgan yutuqlar bilan cheklanmasligi va ulardan qoniqishni istamayotganini aytib, yer uchastkasida yana olmos izlashni davom ettirish niyatida ekanligini bildirdi.