Fuqaroning maʼlum qilishicha, oʻziga tegishli “Lacetti” rusumli avtomobilni sozlatish maqsadida “Qoʻrgʻontepa yoshlar sogʻlomlashtirish markazi” MCHJga qarashli “Bek” avtotransport vositalariga servis xizmati koʻrsatish ustaxonasi ishchisi Doniyor ismli shaxsga qoldirib ketgan.
Biroq avtomobil koʻtarma uskuna yordamida yuqoriga koʻtarilib, kutilmaganda tushib ketishi oqibatida kuzovining ayrim qismlariga jiddiy shikast yetgan. Shundan soʻng usta avtomobilning shikast yetgan qismlarini taʼmirlab bergan, lekin avtomobilning taʼmirdan keyingi holati isteʼmolchini qanoatlantirmagan.
Mazkur murojaat oʻrganilishi natijasida mashina tadbirkor tomonidan sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi.
Shunday murojaatlardan yana biri Jarqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro M.Oʻzbekovdan kelgan. Isteʼmolchi Termiz shahridagi “Surxondaryo avtotexxizmat” avtomobil saloniga 2020-yil 26-martda 97 million soʻm toʻlab “Cobalt” xarid qilgan. Biroq oradan hech qancha vaqt oʻtmay, mashinaning orqa qismi ikkiga boʻlinib ketgan. Fuqaro avtomashinani taʼmirlatib berishni soʻrab avtosalonga murojaat qilgan, biroq maʼmuriyat bundan bosh tortgan.
Mazkur murojaat ham federatsiyaning Termiz shahri jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida “Cobalt” rusumli avtomobil taʼmirlab berildi, deb bermoqda federatsiya matbuot xizmati.