Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 108 million soʻmlik, jami 900 dona “Tropikamid 10 mg.” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.