“Lasetti”dagi qoradori fosh bo'ldi

    Xavfsizlik 18 Oktabr 2020 1318

    Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

    Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o'tkazishdi.

    Tadbir davomida, poytaxtimizdagi avtoturargohlardan birida qora rangli “Lasetti” rusumli engil avtotransport vositasini boshqarib kelayotgan fuqaro T.F. shartli xaridorga “Regopen” nomli psixotrop dori vositasining har bir donasini 35 000 so'mdan sotayotgan vaqtida qo'lga olindi.

    Fuqaro T.F.ning egnidagi kiyimlari cho'ntaklari va uning hamyoni ko'zdan kechirilganida, ushbu shaxsning hamyonida 0,25 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

    Shundan so'ng fuqaro T.F.ga tegishli avtotransport vositasi ko'zdan kechirilganida, avtomashina saloni va yukxonasida yana 26 dona “Regopen” nomli psixotrop tabletkasi, 8 dona idishda “Tropikamid” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.