O'quv Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Maqbul davlat boshqaruvi” loyihasi doirasida tashkil etildi. Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas'ul vakillari, vazirlik va idoralarning Kadrlar bilan ishlash bo'linmalari xodimlari, “Kelajak liderlari” dasturi tinglovchilari ishtirok etdi. 

3 kun davom etgan tadbirda ma'muriy islohotlar va davlat sektorida o'zgarishlar uchun global drayverlar, davlat xizmatida rahbar ayollarni qo'llab-quvvatlash, inson resurslarini samarali boshqarish va yangi kadrlar bilan ishlash, davlat xizmatchilari uchun samarali masofaviy ta'lim yo'nalishlarida muhokamalar bo'lib o'tdi.

Mashg'ulotlarni Latviya davlat boshqaruvi maktabi eksperti Inita Paulovicha, Latviya Markaziy moliyaviy va shartnomalar agentligi Inson resurslarini rivojlantirish bo'limi boshlig'i Sanita Maurite-SHmite hamda Latviya Respublikasi Sud ma'muriyati Axborot tizimlari va texnologiyalari departamenti katta ma'ruzachisi Anjela Smirnova interaktiv tarzda olib bordi. 

— Mazkur seminar davomida o'zgarishlarni boshqarish, strategik rejalar tuzish, gibrid ish tarzi, yangi xodimlarning moslashuv jarayonini samarali tashkil etish hamda masofaviy ta'lim afzalliklari haqida xorijiy ekspertlar bilan fikr almashdik, — deydi Agentlik etakchi inspektori Nazokat Gapurjanova.  — Davlat xizmatchilarining kun davomidagi faoliyatini monitoring qilib boradigan desktime.com platformasining samarasini Latviya davlat xizmati misolida o'rgandik.

O'quv so'nggida Loyiha koordinatorlari bilan uchrashuv tashkil etilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “yo'l xaritasi”si ishlab chiqildi.