25 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan tinglovchilar 1 862 nafar nomzod orasidan saralangan.
Dastur yosh kadrlar kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, tinglovchilar 2 oy davomida liderlik, jamoani shakllantirish, taym-menejment, loyiha boshqaruvi, strategik tahlil, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kabi sohalarda saboq olishadi. Vazirlik, idoralar rahbarlariga dublyor boʻlib, xorijiy stajirovkalarga yuboriladi.
Bugun davlat xizmatiga tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf eta olish, strategik fikrlash, imkoniyatlarni tahlil qila olish salohiyatiga ega kadrlar juda muhim.
Nazariya va amaliyotni umumlashtirgan Dastur soʻnggida tinglovchilarning natijalariga qarab, lavozimda oʻsish modeli qoʻllaniladi, deb xabar beryapti Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.