Joriy yildan boshlab Xivada har ikki yilda bir marta “Lazgi” xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o'tkaziladi. Ushbu festival` Prezidentning tegishli qarori asosida tashkil etilmoqda.
Unga ko'ra, Xorazm viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi festivalni o'tkazish bo'yicha mas'ul organlar hisoblanadi.
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari 3 ta nominatsiya (“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrosichi”, “Eng yaxshi raqs jamoasi” va “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs”) bo'yicha baholanadi.
Tanlov g'oliblari diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Gran-Pri” — 7 000 AQSh dollari.
Har bir nominatsiya bo'yicha:
1-o'rin — 5 000 AQSh dollari;
2-o'rin — 3 000 AQSh dollari;
3-o'rin — 2 000 AQSh dollari.
Tashkilotchilar tomonidan har bir qo'shimcha nominatsiya uchun 500 AQSh dollari miqdorida pul mukofotlari ajratilishi mumkin.