Lazizbek Mullojonov doping qoidabuzarligi uchun uch yilga musobaqalardan chetlatildi

    Sport 14 Noyabr 2025 552

    Xalqaro test agentligi (ITA) oʻzbek bokschisi, Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonovni doping-test musbat chiqqani sabab 3-yilga diskvalifikatsiya qildi.

    Jahon boksida mustaqil antidoping dasturiga rahbarlik qiluvchi Xalqaro test agentligi (ITA) xabariga koʻrga, bokschi Lazizbek Mullojonovning doping qoidabuzarligi uchun belgilangan jazoni qabul qilganini tasdiqladi.

    Sportchi 2025-yil 11-iyun kuni musobaqadan tashqari topshirgan namunasidan keyin metasteron moddasi metabolitlariga ijobiy natija qayd etilgan. Metasteron — anabolik androgen steroidlar (AAS) toifasiga kiruvchi, WADAʼning taqiqlangan moddalar roʻyxatida doimiy ravishda man etilgan sintetik modda boʻlib, mushak va kuchni oshirish xususiyatiga ega.

    Mullojonov oʻz qoidabuzarligini tan oldi va World Boxingʻning dopingga qarshi qoidalariga muvofiq, jazoni erta qabul qilgani uchun toʻrt yillik chetlatish muddati bir yilga qisqartirildi. Uning musobaqalardan chetlatish muddati 2025-yil 22-iyuldan 2028-yil 21-iyulgacha belgilandi. Shuningdek, 2025-yil 11-iyundan 22-iyulgacha boʻlgan sport natijalari bekor qilindi.

    Oʻzbekiston Milliy dopingga qarshi agentligi va Jahon dopingga qarshi agentligi belgilangan jazo ustidan Sport arbitraj sudining apellyatsiya boʻlimiga shikoyat qilish huquqiga ega.

    ITA ushbu ish yuzasidan qoʻshimcha izoh bermasligini maʼlum qildi.