“PSJ” 2022/2023-yilgi mavsum yakunida Messining ketishini elon qildi. 35 yoshli futbolchi 2021-yilning yozidan buyon jamoada o'ynab, klubni erkin agent sifatida tark etdi.
Messi “Inter Mayami” taklifini qabul qilishdan avval “Barselona” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublarining takliflarini rad etdi.
Argentinalik hujumchi o'tgan mavsumda “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.