Litsenziyasi bekor qilingan ikkita nodavlat universitet talabalari oʻqishi koʻchirildi, deya xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Namangan xalqaro universitetining 6041 nafar va Urganch shahridagi Binari universitetining 173 nafar talabasi roʻyxati vazirlik tomonidan tegishli nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga yoʻllandi.

Talabalar oʻz tanlovlariga koʻra, ariza topshirgan nodavlat oliy oʻquv yurtida 11-martdan oʻqishlarini rasman boshlashlari mumkin. Tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalarning oʻqishini belgilangan tartibda boshlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Maʼlumot uchun, avvalroq “Valley innovative university”ning talabalari ham tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga oʻtkazilgan edi.