Bu haqda Ar-Riyodda Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlarning navbatdan tashqari sammitida so'zlagan nutqida respublika bosh vaziri Najib Mikati ma'lum qildi.
“Isroil Livan suverenitetini jazosiz oyoq osti qilishda davom etmoqda, bu bizning bugungi va kelajagimizni xavf ostiga qo'yadi”, dedi Mikati. Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, harbiy operatsiyalardan ko'rilgan iqtisodiy zarar 8,5 milliard dollarni tashkil etdi, tajovuz katta gumanitar yo'qotishlarga olib keldi. 1,2 millionga yaqin odam o'z uyini tashlab ketishga majbur bo'ldi”. Uning so'zlariga ko'ra, qishloq xo'jaligi va atrof-muhitga katta zarar yetkazilgan, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalari ishi izdan chiqqan.
Bosh vazir “Livanga qarshi vahshiyona tajovuzni zudlik bilan to'xtatish, o't ochishni to'xtatish va BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyutsiyasi harakatini to'liq tiklash”ga chaqirdi, deb xabar beradi report.az.