Xabaringiz bor, Yevropa Chempionlar ligasining yrim finalida ikki Angliya klubi ikki Ispaniya jamoasiga qarshi bahslashmoqda. Birinchi oʻyinda “Real” “Manchester Siti”ga yutqazdi – 4:3. Kecha boʻlib oʻtgan uchrashuvda esa “Vilyarreal” ham magʻlubiyatga uchradi. U “Liverpul” bilan boʻlgan uchrashuvda oʻz darvozasidan ikkita javobsiz gol oʻtkazib yubordi.
Birinchi golni Estupinyan oʻz darvozasiga kiritgan boʻlsa, ikkinchi golni Salohning uzatmasidan keyin Mane kiritdi.
“Butun oʻyinni bosim bilan davom ettirishimiz kerakligi bilardik. “Vilyarreal” bosimni yengib oʻtishi bilanoq darhol tahdid qiladi. Lekin biz ajoyib ishladik va juda yaxshi oʻyin koʻrsatdik.
...Hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Endi Vilyarrealga uchamiz va finalga chiqishga harakat qilamiz”, dedi oʻyindan soʻng “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp.
Javob bahsi 3-may kuni boʻlib oʻtadi.