O'n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tadbirda tashkilotga a'zo davlatlarning teatr san'ati sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan taniqli ijodkorlari 2025 yil yakunlariga ko'ra turli nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi.

Quvonarli jihati shundaki, mamlakatimizdan O'zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Lola eltoeva “Eng yaxshi teatr aktrisasi” yo'nalishida xalqaro mukofotni qo'lga kiritdi.

Har yili Xalqaro Anadolu teatr mukofotlari doirasida o'tkaziladigan mazkur marosim turkiy dunyo teatrlari o'rtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlash, umumiy madaniy merosni sahna san'ati orqali namoyon etish va teatr sohasidagi aloqalarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. 

Hamyurtimiz bilan birga, shuningdek, Qozog'istondan Erenbak Toykenov “Eng yaxshi teatr rejissyori”, Qirg'iz Respublikasidan Sadir Niyazaqunov “Eng yaxshi sahna rassomi”, Ozarbayjondan Ali emirli “Eng yaxshi dramaturg”, Turkmanistondan Batir Chariev “Eng yaxshi teatr aktyori” nominatsiyalari bo'yicha e'tirof etildi.