London shahrida Oʻzbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi

    O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo Departamenti boshlig'i o'rinbosari Jastin Makkenzi bilan uchrashuv o'tkazdi.

    Suhbat davomida Britaniya tomoniga Yangi Oʻzbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati hamda ularning samarali natijalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

    Tomonlar Oʻzbekiston-Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdilar.

    Xususan, yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi oʻzaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Shuningdek, 28-29-noyabr kunlari Londonda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashining navbatdagi yigʻilishini va joriy yil yakuniga qadar rejalashtirilgan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni yuqori darajada tashkil etish vazifalari koʻrib chiqildi.

    Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha mavjud salohiyatni safarbar etish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishib olindi.