Forum doirasida taʼlim sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarning taqdimotlari boʻlib oʻtadi.

Agentlik axborotga koʻra, foruvmda taʼlim sohasida pandemiyadan keyingi chora-tadbirlar, karantin sharoitining oʻqitish tizimiga taʼsiri hamda taʼlimni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinadi.

Maʼlumot oʻrnida: Butunjahon taʼlim forumi anʼanaviy tarzda har yili oʻtkaziladi hamda taʼlim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi. Bu yil forumda 1000 nafarga yaqin mutaxassis ishtirok etmoqda.