Maqbara qoldiqlari Boro bozori va London ko'prigidan uncha uzoq bo'lmagan joyda aniqlandi.

Qabrdan hech qanday tobut topilmagan. Ammo uning atrofida 80 ta qabr bor.

Arxeologlar maqbarani Buyuk Britaniyada topilgan qadimgi Rim davriga oid shu turkumga mansub topilmalar ichida eng yaxshi saqlanib qolgani deb e'tirof etishdi. Inshootning pol qismi va devorlar mavjud. Markazda mozaika joylashgan.

Bino ikki qavatdan iborat bo'lgan. Arxeologlarning fikriga ko'ra, u boy rimliklarga tegishli bo'lib, oilaviy qabr sifatida xizmat qilgan, deb xabar beradi ria.ru.