Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri repertuaridagi “Xiva lazgisi” spektakli onlayn tarzda londonlik yosh tomoshabinlarga havola etildi.
Tashabbus Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan “Orzu Art” teatri rahbari Yuldash Joʻrabayev tomonidan amalga oshirilgan.
Onlayn spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda lazgi raqsining 9 turi mavjud.
Raqsning barcha turlari kabi lazgining ham oʻziga xos tarixi bor. Bu tarix mana shu moʻtabar zaminimizda asrlar boʻyi yashagan ona xalqimiz taqdiri bilan hamohang kechgan.
Mutaxassislar lazgi tarixining ayrim harakatlarini inson yaralishi bilan bogʻlaydilar.