Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, sentyabr oyida loviyaning narxlari avgust oyiga nisbatan oʻrtacha 1,6 foizga arzonlashgan.

Yil boshidan buyon loviya narxlari oʻrtacha 4,5 foizga oshgan.

Sentyabr oyida sabzavotlar orasida eng yuqori oʻsish karamda kuzatilgan. Karam narxlari avgust oyiga nisbatan oʻrtacha 28,8 foizga oshgan.