Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qoʻyish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.
Natijada birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari oʻrtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga sabab boʻlgan.
Shu munosabat bilan, Raqobat qoʻmitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari boʻyicha ish qoʻzgʻatildi.
Qoʻzgʻatilgan ish oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilib, qaror qabul qilingandan soʻng qoʻshimcha axborot beriladi.