Suratda tabiiy yo'ldoshning narigi tomonidagi janubiy qutbli Zeeman krateri aks etgan. U Yerdan ko'rinmaydi. Oy yuzasidagi bu noyob obyekt tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda.

Avvalroq Luna-25 koinotdan ilk suratlarni yuborgan edi. Hammasi bo'lib uchta fotosurat olindi. Ularda qurilmaning bir qismi Yer va Oy fonida, shuningdek, missiya emblemasi va bort manipulyatorining idishi aks etgan. Yarim asr o'tib zamonaviy Rossiyaning birinchi Oy stansiyasiga ega raketasi o'tgan juma kuni Vostochniy kosmodromidan uchirilgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.