Maʼlumki, Toshkent viloyati koʻpmillatli hudud hisoblanadi. Aholining koʻp qismi ikki tilli, yaʼni oʻzbek va rus tillarini yaxshi bilishadi.

Maqsad xorijiy tillarni oʻqitish va oʻrganish usullarini muhokama qilish, chet tillarini oʻqitish sohasida xalqaro tashkilotlar, taʼlim muassasalari va viloyat hokimligi oʻrtasidagi hamkorlikning aniq yoʻllarini topish va taklif qilishdan iborat.

Tadbirda taʼlim sohasidagi tajribali ekspertlar ishtirok etmoqda.

Forumda onlayn qatnashgan Bosh vazir oʻrinbosari B.Musayev barchani ushbu tashabbus bilan tabriklab, oʻz fikrlarini bildirdi. Shundan soʻng viloyat hokimi D.Xidoyatov va boshqa ishtirokchilar soʻzga chiqib, chet tillarni oʻrganishning ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi.