Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi “O'zbek xalqining madaniy va moddiy merosi jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida xalqlararo madaniy ko'prikdir” – muzeylar faoliyatini takomillashtirish va muzeylarda zamonaviy marketing va menejmentni yo'lga qo'yish mavzusida 2023-yil uchun grantlar ajratish bo'yicha birinchi tanlovining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlov uchun taqdim etilgan 10 ta nominatsiyaga jami 35 ta ariza kelib tushdi.
Loyihalar Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o'rinbosari T.Kuziev boshchiligidagi tanlov ishchi guruhi tomonidan ko'rib chiqildi.