баннер
14 Fev 2025
04:50

    Madaniy meros agentligi tomonidan yana bir arxeologiya obyektiga zarar yetkazayotgan shaxslar toʻxtatildi

    Madaniyat 2 Sentabr 2022 1120

    Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari davomida Jomboy tumanida joylashgan «Nomsiztepa» arxeologik yodgorligiga zarar yetkazish holati aniqlandi.

    Ushbu yodgorlik – Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan davlat himoyasiga olingan. Oʻrganish natijasida arxeologik yodgorlikning gʻarbiy tomonidan uzunligi 120 metr eniga 1,5 metr va balandligi 1 metr umumiy hajmi 180 metr kub tuproq tekislanib olinganligi aniqlandi.

    Hududiy boshqarma tomonidan tuproq qazib olish jarayoni toʻxtatildi va javobgarlarga nisbatan ogohlantirish berildi. Arxeologiya obyektiga yetkazilgan zarar miqdori 4.3 mlrd. soʻm etib belgilandi va holatga huquqiy baho berish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

    Koʻrilgan chora yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech