Madaniyat vaziri oʻrinbosari, Madaniy meros departamenti boshligʻi K.Akilovava, Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hamid Nayirobodiy, Tehron universiteti mutaxassislari va Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros departamenti mutaxassislari oʻrtasida videokonferensiya tarzida uchrashuv oʻtkazildi.
Onlayn muloqotda 2021-yilda Oʻzbekistondagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish uchun Eron ustalarini jalb etish, Eronning restavratsiya va regeneratsiya yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashish, Eronning Tehron universitetiga madaniy meros boʻyicha mutaxassislarni yuborish, Anglashuv Memorandumini imzolash, ikki davlat madaniy merosini asrab-avaylash borasida Qoʻshma Fond tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Xususan, Tehron universiteti professori Sobiriy Eronda koʻplab Temuriylar davriga oid madaniy meros obyektlari mavjudligi, shuningdek, rekonstruksiya boʻyicha ustoz-shogird anʼanalari keng joriy qilinganligi, tarixiy ornamentlarni rekonstruksiya qilishda qadimiy qurilish predmetlaridan foydalanish usullari bilan boʻlishdi.
Uchrashuvda, tomonlar oʻzaro kadrlar almashish masalasini ham muhokama qilishdi. Kadrlarning oʻzaro malakalarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha fikrlar almashildi.