Tadbirda Ozarbayjon kolleksiyalaridagi oʻzbek toʻplamlariga bagʻishlangan kitobni yaratishda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Birligimiz, tinch-totuvligimiz uchun davlat rahbarlaridan minnatdormiz. Madaniyatimiz bizni har qachongidan koʻproq jipslashtirmoqda. Ozarbayjon tomoni bu keng koʻlamli va qiziqarli loyihada ishtirok etishdan mamnun”, — dedi Teymur Gashim oʻgʻli.

Ozarbayjon qoʻlyozmalariga bagʻishlangan tomga Alisher Navoiy, Bobur, Ibn Sino, Al-Buxoriy, Ulugʻbek, Jomiy asarlari, Ibn Sinoning “Al Qonun fi at tibb” qoʻlyozmasi kabi 90 ta manba kiritiladi.