Madaniyat vaziri bogʻchalarda har kuni maqom va milliy kuylar qoʻyish taklifi bilan chiqdi

    Madaniyat 23 Yanvar 2021 2236

    Endilikda maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qoʻyib beriladi.

    Ushbu loyiha Madaniyat va Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻrtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.

    Madaniyat vazirligi maktabgacha taʼlim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy toʻplam yaratgan.

    Bolalarni muntazam maqom kuylari bilan bahramand etish rejalashtirilgan. Bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan meʼyor asosida maqom kuylari qoʻyib beriladi.