Yig'ilishda tashkiliy masalalar ko'rilib, unda O'zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktorining birinchi o'rinbosari va “O'zbekkontsert” davlat muassasasi direktorining ijodiy masalar bo'yicha o'rinbosari tayinlandi.
Shu kunga qadar “O'zbekkontsert” davlat muassasasi direktorining ijodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Alisher Qilichev O'zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktorining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.
Madaniyat vazirligi ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan Farrux Yunusov “O'zbekkonsert” davlat muassasasi direktorining ijodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik Axborot xizmati.