Muloqot chog'ida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan hayotga tadbiq etilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida batafsil so'zlab berildi. Xususan, diniy sohadagi erkinlik va shaffoflik, bag'rikenglik tamoyillariga asoslangan davlatimiz siyosatiga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga Bosh konsulxona tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar ko'lami kengaygani, xususan, xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirib berish imkoniyati mavjudligi va boshqa turdagi konsullik-huquqiy masalalar haqida qamrovli ma'lumot etkazildi.
Ishtirokchilarga joriy yil mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida bo'lib o'tadigan muhim voqealar haqida ham ma'lumot berildi.
Suhbat nihoyasida talabalarni qiziqtirgan masalalar bo'yicha savol-javob o'tkazilib, konsullik-huquqiy xizmatlar ko'rsatildi.