Bu haqda vazir oʻzining telegramdagi kanalida maʼlum qildi.
«Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik masalalari boʻyicha vaziri Xose Manuel Albares Bueno janoblari bilan telefon orqali mazmunli va konstruktiv muloqot oʻtkazdik.
Yaqin Sharqdagi keskinlashib borayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashib, xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya etish, keskinlikni pasaytirish va muloqot barqaror tinchlikka erishishning yagona maqbul yoʻli ekanini taʼkidladik.
Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarimizning izchil rivojlanish masalalarini muhokama qildik. Madrid shahrida boʻlajak Oʻzbekiston–Ispaniya biznes-forumini mamnuniyat bilan qayd etdik hamda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni kengaytirishga oʻzaro manfaatdor ekanimizni tasdiqladik«, — deyiladi xabarda.