U Gayana prezidenti Muhammad Irfan Ali bilan 14-dekabr kuni Karib dengizidagi Sent-Vinsent va Grenadinlar orollarida bo'lib o'tadigan muzokaralar tashkil etish tashabbusini yuqori baholadi, deb xabar beradi tass.ru.
“[Gayana prezidenti bilan] yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishni Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari uchun katta yutuq deb bilaman. Biz bu haqda doim gaplashib kelganmiz, biz bu yo'lda Venesuela xalqining katta istak va ovozi bilan boryapmiz”, dedi prezident. Uning ta'kidlashicha, Venesuela “Gayana hukumati va Exxon Mobilning noqonuniy qarorlari tufayli yuzaga kelgan mojaroni tinch diplomatik yo'l bilan hal qilishga intiladi va shunga harakat qiladi”.