Bu haqda mamlakat Adliya vazirligiga tayanib, ABC News xabar berdi.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, harbiy Gennon Ken Van Dayk Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hokimiyatdan chetlatilishiga oid bashorat bozorida yirik pul tikkan. U
Maʼlum qilinishicha, ushbu pul tikishlar AQSH prezidenti Donald Tramp Maduroni qoʻlga olish operatsiyasi haqida rasmiy bayonot berishidan bir necha kun oldin amalga oshirilgan. Bu holat ichki maʼlumotlardan foydalanilgani boʻyicha shubhalarni keltirib chiqargan va bir oylik tergovga sabab boʻlgan.
Ayblov hujjatlarida Van Dayk maxfiy hukumat maʼlumotlarini noqonuniy ravishda shaxsiy manfaati uchun ishlatgani, firibgarlik va moliyaviy qonunbuzarliklarda ayblanayotgani qayd etilgan. Shuningdek, u oʻz hisoblarini yashirish uchun akkauntini oʻchirish va elektron manzilini oʻzgartirishga uringani ham maʼlum qilingan.
Rasmiylarga koʻra, harbiy «
Polymarket vakillari shubhali operatsiyalar haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oʻz vaqtida xabar berilganini bildirgan. Kompaniya bayonotida “insayder savdosiga oʻrin yoʻq” ekani taʼkidlangan.
Qayd etilishicha, bu holat AQSHda bashorat bozorlarida insayder savdosi boʻyicha birinchi jinoiy ish sifatida baholanmoqda. Muttaxassislar fikricha, bunday ishlar yangi texnologiyalar va moliyaviy platformalar sharoitida qonunlarni qoʻllashda qiyinchiliklar tugʻdirishi mumkin.
Ayni paytda gumonlanuvchining advokati bor-yoʻqligi haqida aniq maʼlumot yoʻq.