Unga ko'ra tashkilot rahbari Rafael Grossi 2025-yil bahorigacha Eron yadro dasturi bilan bog'liq vaziyat bo'yicha hisobot tayyorlashi kerak.
Yaponiyaning NHK media kompaniyasi o'z veb-saytida yozganidek, hujjat 2019 va 2020-yillarda aniqlangan, deklaratsiya qilinmagan obyektlarda tushuntirilmagan uran izlari borligi kabi masalalarni o'rganadi. Bundan tashqari, rezolyutsiyada Eron MAGATE bilan hamkorlik qilmayotgani uchun qoralanadi va agentlikni Eron Islom Respublikasining yadroviy faoliyati haqida keng qamrovli hisobot chop etishga chaqiradi.
Rezolyutsiya Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh tomonidan tayyorlandi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, hujjat MAGATE Boshqaruvchilar kengashiga a'zo 19 davlat tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Yana 12 davlat betaraf qoldi. Rossiya, Xitoy va Burkina-Faso rezolyutsiyani rad etdi, deb xabar beradi dw.com.