Xabaringiz bor, Prezident farmoni va hukumat qarori ga koʻra, davlat OTMning magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.
Bu tartib, shunigdek magistratura qishki qabulida toʻlov shartnoma asosida oʻqishga qabul qilngan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.
Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari soʻraladi.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.