Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli to‘lab beriladi

    Ta'lim 15 Avgust 2022 1733

    Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi . 

    2022-yil 7-mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplab berilishi belgilangandi. Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi .

    Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan va o‘qiyotgan xotin-qizlarga bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari to‘liq to‘lab beriladi.

    Buning uchun talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi. 15-sentabrdan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘lov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.

    Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

    ➖ Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
    ➖ Bosh prokuratura Akademiyasi;
    ➖ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
    ➖ Bank-moliya akademiyasi.

    ❗️Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.