— Bugungi sayyor qabulda uy-joyimni taʼmirlash uchun yordam soʻradim, – deydi Shovot tumani “Mevazor” mahallasida yashovchi Mehribon Masharipova. – Murojaatim oʻrnatilgan tartibda nazoratga olindi. Holatni oʻrganish maqsadida bugunning oʻzida hokimiyat va fond xodimlaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi.
“Mahalla” fondi joriy yilda aholini ijtimoiy himoya qilishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shu yilning oxirigacha xorazmlik nogironligi bor shaxslar, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida istiqomat qilayotgan fuqarolar va ehtiyojmand aholi qatlamiga 160 million soʻmlik xayriya yordamlari koʻrsatiladi, deya xabar beradi “Mahalla” fondi matbuot xizmati.