Boshqacha qilib aytganda yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida islohatlar taftini his qilish uchun mahllalardagi o‘zgarishlarga boqishning o‘zi kifoyadir. Xususan, Mahalla hokimi yordamchisi va mahalla yoshlar yetakchisi singari institutlarni joriy qilinishi fenomenal hodisa sifatida muhim ijtimoiy ahamiyatga egadir. Shuningdek, soliq va ijtimoiy masalalar bo‘yicha hodimlarning mahalla yetiligi tarkibidan joy olishi mahalla boshqaruv tuzilmasini tom ma’noda aptimalashganidan dalolat beradi. Sodaroq qilib aytganda Yangi O‘zbekiston islohatlari mahlladan boshlanadi. Bu esa oddiy odamlar taqdirida nomoyon bo‘ladi. Misol tariqasida Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “Yangi Bog‘i Surx” mahallasi yurtimizdagi eng xafvsiz va ko‘rkam mahllalardan biri sifatida mahalla fuqarolarini fahirlanishiga sabab bo‘lmoqda. Mahalladagi osoyishtalik, tinchilik va hotirjamlik tufayli bolalar kulgusi beg‘ubor, ta’lim faoliyati va mehnat bozorida band bo‘lgan mahalla ahli shoddir. Ijtimoiy barqarorlik va birdamlikni doimiy taminlash maqsadida 2025-yilning 3-yanvarida qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezididen Qaroriga asosan hech bir inson ongli ravishda istamaydigan huquqbuzarlik bo‘lishini barvqat oldini olish bo‘yicha quydagilar belgilab berildi.  

“O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi bilan belgilangan mas’ul idoralar va muassasalar uchun 2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilansin va quyidagi ishlash mexanizmlari joriy etilsin:

2024-yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla — tuman — viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas’ul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash;

kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish;

mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq mas’uliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish;

aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni hal etishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib borish;

mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish;

mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha har bir mas’ul idora va muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari yuzasidan qat’iy so‘rov tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ushbu masalaga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga ta’sir choralarini ko‘rib boorish”.

Ushbu vazifalar faqat mahalla yetiligi vazifasi bo‘laqolmay, balki mahallaning barcha fuqarolarining dahildorlik hisini  yanada oshirishi va ogohligini yanada kuchayishiga turtki bo‘ladi.

Xulosa qilib aytgnda, ushbu qaror butun yil davomida mahalla tizimida ulug‘ na’mat bo‘lgan tinchilik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash uchun belgilab berilgan vazifalar yo‘l xaritasidir. Zotan mahalla mamlakat ustunidir, bu ustunning mustahkamligi bu mahalla ahlining ahiligi va amalga oshirilayotgan islohatlarga bo‘lgan dahildorligiga bog‘liqdir.  

   
Asadbek Zairov,
Toshkent Davlat Yuridik Unversiteti  

tayanch doktoranti