Tekshiruvdan maʼlum boʻldiki, “Yu.” MFY raisi B.S. “G.B.” MCHJ rahbari Gʻ.ning “Sogʻlomlashtirish va sport markazi” qurish niyatida yurganini bilib, unga qurilish ishlari uchun 475 mln soʻm subsidiya mablagʻini olib berishini aytadi.
Goʻyoki “G.B.” MCHJni subsidiya oluvchi tadbirkorlik subyektlari roʻyxatiga kiritilgani haqida soxta maʼlumot kiritilgan hujjatni taqdim etish orqali ishonchiga kirib, tadbirkor Gʻ.ning 118 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.