“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

    Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek, ular xotini (eri)ning daromadlariga soliq solinmasligi koʻzda tutildi.

    Qonun bilan kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, “Mahalla servis” kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarish va aholiga qonunchilikda belgilangan ayrim ijtimoiy pulli xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlarga kiritildi.

    Shuningdek, mazkur xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan binolar joylashgan yer uchastkalari yer soligʻi solish obyekti hisoblanmasligi belgilandi.

    Quyidagi daromad turlariga soliq solinmasligi koʻzda tutildi:

    • Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek, ular xotini (eri)ning daromadlari;
    • “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining faoliyati natijasida olingan, ularning soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi tarzidagi daromadlari.

    Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari mol-mulk, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha ozod etilishi koʻrsatildi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.