Uchrashuv institutning xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, maqsadida onlayn tarzda o‘tkazildi. Seminarda Italiya huquqiy tizimi va sud huquq amaliyoti bilan tanishish, ularda tuzilayotgan nikoh shartnomalarining mazmuni va amaliyoti, nikohdan ajralish tartibi va sudgacha ajrim masalalarini hal qilish, ajrashish paytida er va xotinning mulkiy nizolarni hal etish tartibi bilan tanishish, milliy huquqiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda davlatlar o‘rtasidagi tajriba almashildi.
– Institut olimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarni kuzatib borishga xarakat qilaman. So‘ngi paytlarda, oilaviy masalalar, ayniqsa, nizoli vaziyatlarga tushib qolgan va undan asosan jabr ko‘rgan farzandlarga ko‘mak berish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgan ayollarga psixologik va yuridik jihatdan maslahatlar berishda, Sizlardan ko‘p tajribalarni o‘rganyapmiz”, – dedi nikohgacha va nikoh mobaynidagi masalalar bo‘yicha mutaxassislar uyushmasi yuristi Simona Lakolla.