Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;
- yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini taʼminlash.
Farmonga koʻra, quyidagilar mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
- yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;
- yoshlarning iqtidorini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish;
- mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashish;
- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash.
Ushbu asosiy vazifalarga bogʻliq boʻlmagan boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi.









