Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi.

Agentlik xabarida davlat rahbarining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoni bilan Agentlik zimmasiga “E-qaror” tizimida hujjatlarning ochiqligini nazorat qilish vazifasi yuklatilgani aytiladi.

Oʻrganishlar yashirilgan hujjatlarning aksariyati moliyaviy va tashkiliy masalalarga oid ekanini koʻrsatdi. Xususan, asossiz yashirilgan qarorlarning 156 tasi lavozimga tayinlash, 68 tasi tashkiliy tuzilmani tasdiqlash, 46 tasi mablagʻ ajratish va 34 tasi ragʻbatlantirish masalalariga tegishlidir.

Hujjatlarni ochiqlamaslik boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlar:

  • Fargʻona (67 ta),
  • Buxoro (58 ta),
  • Qashqadaryo (41 ta),
  • Samarqand (38 ta),
  • Xorazm (32 ta) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

«Bu raqamlar mazkur hududlarda ochiqlikni taʼminlash borasidagi qonunchilik talablari yetarlicha bajarilmayotganidan dalolat beradi«, — deyiladi Agentlik xabarida.

Shuningdek, Agentlik tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga asossiz yashirilgan hujjatlarni ochiqlash hamda qonunbuzilishga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlarga nisbatan chora koʻrish boʻyicha taqdimnomalar kiritildi.

Hozirda qolgan hujjatlar boʻyicha ham oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda va ularning natijalari asosida huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilishi taʼminlanadi.