Oʻzbekistonda 2024-yil oktyabrida avtomobil bozorida sotuvlar yana pasaydi. Bu haqdagi maʼlumot Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.
Qayd etilishicha, oktyabr oyida avtotransport vositalarining savdosi 102,3 ming donani tashkil etdi, bu oʻtgan oyga nisbatan 7%ga kam. Yillik koʻrsatkichda faollikning sezilarli pasayishi 44%dan koʻproq qayd etildi.
Yengil avtomobillar segmentidagi vaziyat
Yengil avtomobillar segmenti oʻtgan oyga nisbatan 6% kamaygan holda 95,4 ming dona sotilgan boʻlsa, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar 43,3%ga sezilarli pasayganini koʻrsatmoqda.
Hududlar boʻyicha ushbu segmentdagi savdolarning eng katta pasayishi Toshkent shahrida – 18,4%, Fargʻona – 17% va Andijon – 14,4% viloyatlarida qayd etildi.
Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat
Yengil avtomobillar birlamchi bozorida sotuvlar oʻtgan oyga nisbatan 15%ga kamaydi, bu oʻtgan oyga nisbatan 6,2 mingtani avtomobilga kam. Yillik faollik esa 21,8%ga kamaydi.
Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarini savdosi 20%ga kamaydi va 30,2 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yillik koʻrsatkichda 22% pasayish kuzatildi.
Xorijiy yengil avtomobillari segmenti oʻsib bormoqda
Oktyabr oyida xorijiy yengil avtomobillar bozorida sotuvlar koʻpaygan. Oy davomida ushbu segmentdagi faollik 35%ga oshdi, atigi bir oy ichida 4,7 mingta xorijiy avtomobil sotildi. Biroq, oʻtgan yilning oktyabr oyiga nisbatan sotuvlar 20%ga kamaydi.
Yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori
Oktyabr oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi bozoridagi vaziyat faollikning pasayishi va sotish hajmining har yili sezilarli darajada pasayishi bilan tavsiflanadi.
Ushbu segmentda oktyabr oyida 60,4 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu oldingi oyga nisbatan 23 donaga kam, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar ikki baravar kamaydi.
Elektromobillar bozoridagi vaziyat
Yengil elektromobillar segmenti faollikning rekord oʻsishini koʻrsatishda davom etmoqda. Oktyabr oyida sotuvlar hajmi sentyabr oyiga nisbatan 20%ga oʻsib, 5,1 ming dona elektromobilni tashkil etdi, sentyabr oyda esa 4,24 ming dona, avgust oyida 1,7 ming dona sotilgan.
Hududlar boʻyicha olib borilgan tahlillar elektromobillar segmenti faol rivojlanayotganini koʻrsatmoqda, xususan, eng koʻp sotuvlarning oʻsishi Namangan va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etilgan.
Yil davomida elektromobillarni savdosi 87,5%ga oʻsdi, bu 2,3 ming dona elektromobilga teng.