Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama etildi

    Bugun, 29-noyabrda Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari a’zolari uchun seminar tashkil etildi.

    Seminarda mahalliy Kengashlar fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining faoliyatini samarali tashkil etish, ularning Qo‘mita va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, mahalliy Kengashlar tomonidan mahalliy ijro hokimiyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda qonun muhokamalarini quyi bo‘g‘inlar deputatlari bilan muhokamadan o‘tkazishga e'tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

    Tadbir davomida qonun ijodkorligi jarayonida mahalliy Kengashlarni yana-da faol jalb etish, har bir qonun bo‘yicha ularning fikrini, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlandi.

    Shuningdek, hududlarda ta’lim va sog‘liqni saqlash boshqaruv organlariga Kengash so‘rovi va tekshiruvi kabi yangi mexanizmlarni joriy etish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni yana-da kuchaytirish, bunda maktabgacha, maktab, oliy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini tashkil etishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mumkinligi ma’lum qilindi.

    Seminarda Senat tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.

    a’kidlanganidek, ushbu qo‘llanma doimiy komissiyalarning faoliyatini samarali tashkil etishga, ularning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha rejalarni belgilash, muhokamalarni to‘g‘ri tashkil etish va aniq natijalarga erishishda amaliy yordam beradi.

    Shuningdek, seminar davomida Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari mas’ullarining ma’ruzalari tinglandi.

    Ular tomonidan mahalliy hokimiyat organlari va doimiy komissiyalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va hududiy muammolarni joyida hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    Doimiy komissiya a’zolari mahalliy hokimiyat organlari bilan kelgusida o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan takliflarini bildirdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.