Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkent kimyo texnologiya institutida joriy yil 1-sentyabrga qadar Germaniya va Rossiyaning nufuzli universitetlari bilan birga, 5 ta yangi yoʻnalishda oʻqitish tashkil etiladi.
14 ta oliygoh rektorlari viloyatlar ehtiyojidan kelib chiqib, aniq yoʻnalish va sanoat tarmoqlari uchun xorijiy oliygohlar bilan birga, muhandis va texnologlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyadi.
Uch oy muddatda mahalliy sanoat uchun ishchi kasblar boʻyicha yiliga kamida 10 ming nafar mutaxassislar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.