Yanvar-may oylari davomida 76 ta loyihalar doirasida jami 547,6 mlrd. so'mlik ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja ko'rsatkich 4 barobarga amalga oshirilgan. Natijada, viloyatda 49,7 mln. dollar valyuta tejalishiga erishilgan.
Shuningdek, hisobot davrida viloyatda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash borasida elektron savdo maydonchasi cooperation.uz portaliga 7 ming 149 ta sanoat korxonalarning 1 690 turdagi mahsulotlari joylashtirilishi hamda joriy yil Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Namangan va Farg'ona viloyatlarida o'tkazilgan hududiy va tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida Toshkent viloyatidan 100 dan ziyod sanoat korxonalari o'zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishi natijasida qiymati 304,4 mlrd. so'mga teng jami 3 ming 523 ta shartnomalar imzolandi va bugungi kunda 2 ming 356 ta shartnomalarning 177,2 mlrd. so'mlik mahsulotlari yetkazib berilgan.
Viloyatda hududiy investitsiya dasturiga doirasida 1 iyun holatiga umumiy qiymati 1 trln. 80 mlrd.so'mga teng 76 ta yangi quvvatlar ishga tushirilib, pirovardida 3 ming 140 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan.
Shu bilan birga, viloyatda yanvar-may oyi yakuni bilan 9 trln. 770 mlrd. so'm mahalliy sanoat tovarlari ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 109,8 foizga ta'minlangan, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.