Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-dekabrdagi «Uy qamogʻi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida«gi VMQ-813-sonli qarori qabul qilindi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligini taʼminlash ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan bilaguzuklarning sinovlari barcha hududlarda muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Nizomda elektron bilaguzuk taqishi shart boʻlgan shaxslarning huquq va majburiyatlari, elektron bilaguzuk orqali masofadan boshqarish tartibini buzganlik uchun javobgarlik, shuningdek, elektron bilaguzuk shikastlangan yoki yoʻqolgan taqdirda moddiy zararni qoplash tartibi nazarda tutilgan.
Unga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yil 1-yanvardan boshlab elektron bilaguzuklardan foydalangan holda mahkumlarni masofadan turib kuzatish amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi.
Elektron bilakuzuklar uy qamogʻida yoki ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan shaxslar uchun qoʻllaniladi. Qurilmalar pastki oyoqqa yoki kerak boʻlsa, bilakka kiyiladi. Bilaguzuklar Ichki ishlar vazirligining Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, barcha hududlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi.
Hujjat mahkumlarning huquq va majburiyatlarini, bilaguzuklardan foydalanish tartibini, shuningdek, ularni shikastlaganlik, yoʻqotganlik yoki taqishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik choralarini tartibga soladi.
Bilaguzukdan voz kechish, uni shikastlash yoki oʻz vaqtida zaryad qilmaslik kabi kiyish tartibi buzilgan taqdirda, qoidabuzar birinchi navbatda rasmiy ogohlantirish oladi. Buzilishlar takroran sodir etilgan taqdirda, maʼlumotlar sudga yuboriladi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy jazo qoʻllaniladi.