Tadbirda fuqaro M.P. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning tanishlari boʻlgan Jizzax viloyatida joylashgan manzil koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar O. va X.ni kafillik toʻlovi orqali ozodlikka chiqarib berishni vaʼda qilib, evaziga 136 mln soʻm pulini plastik kartaga oʻtkazish orqali qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.